UDG.UZ - "O'zbekiston - Germaniya" Do'stlik Jamiyati

Navro‘z bayrami davom etmoqda
Bayramda do‘stlik jamiyati, Kеngash a’zolari, Toshkеnt shahridagi Gеrmaniya elchixonasi vakillari, shuningdek, Gеrmaniyadan taklif etilgan mehmonlar ishtirok etdilar.

«O‘zbеkiston-Gеrmaniya» do‘stlik jamiyati raisi o‘rinbosari Z.Abidov,

Aloqa va axborotlashtirish Agеntligi Bosh dirеktori o‘rinbosari, «O‘zbеkiston-Gеrmaniya» do‘stlik jamiyati raisi o‘rinbosari Sh.M Atamuxamеdov,

Toshkеnt shahridagi Gеrmaniya elchixonasi 1 kotibi, madaniyat,  matbuot va protokol bo‘limi rahbari, Kortеmayеr xonim,

Bonn shahridagi Gеrmaniya-O‘zbеkiston jamiyati vitsе-prеzidеnti janob d-r Byulеr,

Toshkеnt shahridagi Fridrix Ebеrt fondi vakolatxonasi rahbari janob Tеshеndorf  yig‘lganlarni bayram bilan tabrikladilar.

Tabrik so‘zlaridan so‘ng mehmonlarga Toshkеnt shahri Shayxantohur tumanidagi «Barkamol avlod» markazi qoshidagi Fatima Jo‘rabayеva va Zuxra Ziyamuhamеdovalar rahbarligidagi «Tantana»  bolalar guruhi folklor qo‘shiq va raqslarini ijro etdilar.

Shundan so‘ng mehmonlar bayram dasturxoniga taklif etildilar.

Turkmaniston kinosi kunlari boshlandi
Mazkur kino anjumani Madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlik dasturi doirasida “O‘zbekkino” Milliy agentligi hamda Turkmanistonning mamlakatimizdagi elchixonasi hamkorligida o‘tkazilmoqda.

– O‘zbekistonda san’atning barcha turlari qatori kinoni rivojlantirishga ham alohida e’tibor qaratilayotgani, buning natijasida milliy ruh, umrboqiy an’ana va qadriyatlar tarannum etilgan filmlar yaratilayotganining guvohi bo‘ldik, – dedi “Turkmankino” birlashmasi raisining o‘rinbosari Yazmurat Shadurdiyev. – Turkmaniston kinosi kunlarida namoyish etiladigan filmlarimiz tomoshabinlarda katta qiziqish uyg‘otayotgani bizni juda quvontirmoqda. Bunday madaniy tadbirlar o‘zaro hamkorlik aloqalarimizni yanada mustahkamlash, o‘zbekistonlik hamkasblarimiz bilan fikr va tajriba almashishga xizmat qiladi.

Turkmaniston kinosi kunlari dasturi rang-barang tadbirlarga boy. Filmlar namoyishidan tashqari ikki mamlakat kino ijodkorlarining o‘zaro fikr va tajriba almashishi, ijodiy uchrashuvlar, turkmanistonlik mehmonlarning yurtimizda amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlari, qadimiy va navqiron shaharlar bilan tanishishi ham ko‘zda tutilgan. Jumladan, Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumani hamda Buxoro shahrida kino muxlislari bilan ijodiy uchrashuvlar, turkman filmlari namoyishi tashkil etiladi.

Kino anjumani davomida turkmanistonlik kino ustalar tomonidan yaratilgan “Bellashuv”, “O‘g‘il”, “Somon yo‘li”, “Tushda va o‘ngda”, “Taqdir yo‘llarida” kabi badiiy filmlar namoyish etiladi. Dasturdan o‘rin olgan “Turkman gilamlari”, “Mening qushim – lochin”, “Naqsh” kabi hujjatli filmlarda turkman xalqining qadriyatlari, zargarlik, gilamdo‘zlik, ovchilik bobidagi an’analari aks ettirilgan.

O’zA

London Olimpiadasiga bag‘ishlandi
O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi Malik Boboyev, Buyuk Britaniyaning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Rupert Joy O‘zbekistonda Prezident Islom Karimov rahnamoligida sportni rivojlantirishga qaratilayotgan ulkan e’tibor va g‘amxo‘rlik yuksak samaralar berayotganini, sportchilarimizning nufuzli xalqaro musobaqalarda, jumladan, Olimpiya o‘yinlarida erishayotgan yutuqlarida o‘z ifodasini topayotganini alohida ta’kidladi. Xususan, O‘zbekiston sportchilari mustaqillik yillarida Atlanta, Sidney, Afina va Pekin Olimpiadalarida ko‘plab medallarni qo‘lga kiritdilar.

O‘zbekiston sportchilari London Olimpiadasida ham yurtimiz sharafini munosib himoya qilish uchun qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqda. Davlatimiz rahbarining 2009-yil 5-yanvarda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi sportchilarining 2012-yil London shahri (Buyuk Britaniya)da bo‘lib o‘tadigan XXX yozgi Olimpiada va XIV Paralimpiada o‘yinlarida ishtirok etishga tayyorgarligi to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim omil bo‘lmoqda. Mazkur hujjatga muvofiq, sportchilarimizning zamonaviy me’yorlar asosida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazishi, tajriba va mahoratini oshirishi, xalqaro musobaqalarda munosib ishtirok etishi uchun barcha qulay shart-sharoitlar yaratilgan.

O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligidan ma’lum qilishlaricha, bugungi kunda sportchilarimiz boks, velosport, baydarka va kanoeda eshkak eshish, dzyudo, badiiy gimnastika, sport gimnastikasi, taekvondo WTF, yengil atletika, erkin va yunon-rum kurashi, og‘ir atletika va suzish kabi sport turlari bo‘yicha XXX yozgi Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanmalarni qo‘lga kiritgan. Qator sport turlari bo‘yicha saralash musobaqalari davom etmoqda.

Tadbirda London shahrida XXX yozgi Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik doirasida amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlar, sportchilar va muxlislar uchun yaratilgan shart-sharoit to‘g‘risida ma’lumot berildi.

– O‘zbekistonlik sportchilar Olimpiya o‘yinlarida muntazam ishtirok etib, sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritib kelmoqda, – deydi Buyuk Britaniyaning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Rupert Joy. – Ular London Olimpiadasiga yo‘llanma beruvchi nufuzli musobaqalarda ham muvaffaqiyatli qatnashdilar va ko‘plab sport turlari bo‘yicha mamlakatingiz sharafini himoya qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. London shahrida bo‘lib o‘tadigan XXX yozgi Olimpiya o‘yinlarining boshlanishiga sanoqli kunlar qoldi. Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etadigan O‘zbekiston sportchilariga ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

O’zA

Mohir hunarmand
Buni istiqlolimizning 20-yilligi arafasida davlatimiz rahbarining farmoniga binoan “Jasorat” medali bilan taqdirlangan Namangan viloyati Chortoq tumanida yashovchi mohir tikuvchi, zardo‘z Zeboxon Xo‘jayeva misolida ham ko‘rish mumkin. O‘z ishini “Usta-shogird” an’anasi asosida xotin-qizlarga hunar o‘rgatishdan boshlagan tikuvchi hozir “Shohruhxon ko‘magi” sho‘ba korxonasi faoliyatini yo‘lga qo‘ygan. Bu yerda tikilayotgan liboslar ko‘pchilikka manzur bo‘lmoqda.

O’zA

Ishonchli hamkorlik omili
An’anaviy tarzda tashkil etilayotgan mazkur yarmarka mahalliy xomashyo asosida raqobatbardosh, eksportbop va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar, butlovchi va ehtiyot qismlar ishlab chiqarishda yirik sanoat korxonalarining kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorligini mustahkamlashda muhim omil bo‘layotir. Tovar ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida ichki va tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

Tadbir ishtirokchilarida Denov, Angor, Qumqo‘rg‘on tumanlarida ishlab chiqarilayotgan qurilish materiallari, Jarqo‘rg‘on, Uzun, Boysun, Muzrabot tumanlarining yengil sanoat mollari, Termiz shahri, Sherobod va Termiz tumanlarida tayyorlanayotgan oziq-ovqat va boshqa tayyor mahsulotlar narxining arzonligi, raqobatbardoshligi hamda sifati katta qiziqish uyg‘otdi.

Viloyat hududiy sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasida korxonalar, xususiy tadbirkorlik subyektlari va savdo tashkilotlari o‘rtasida ko‘plab hamkorlik shartnomalari imzolandi.

– Korxonamizda yigirma turdan ortiq zamonaviy mebel va eshik-romlar ishlab chiqariladi, – deydi Denov tumanidagi “Azim-Denov” xususiy korxonasi direktori Baxtiyor Choriyev. – Mahsulotlarimiz sifatli va arzonligi bilan ichki bozorda o‘z xaridorlarini topmoqda. Bugungi yarmarkada Denov tumanidagi 67-maktab-internatga, viloyat markazidagi bir necha tibbiyot muassasalariga mebellar yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar tuzdik.

– Kooperatsiya birjasida namoyish etilgan tovarlar orasida Uzun tumanidagi “Tumaris istiqbol tekstil” xususiy korxonasining mahsulotlari bizga har jihatdan ma’qul keldi, – deydi Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasining viloyat filiali direktori Faxriddin Abdurasulov. – Xususiy korxona bilan o‘zaro hamkorlik shartnomasi tuzib, bolalar sport kiyimlari xarid qilishga kelishib oldik.

Tadbir doirasida mehnat yarmarkasi ham tashkil etildi. Unda viloyatdagi bir qator korxona, tashkilot va muassasalar uch mingdan ortiq bo‘sh ish o‘rinlarini taklif etdi. Shu kuni ko‘plab yosh mutaxassislar ishga joylashish uchun yo‘llanma oldi.

Hududiy sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasining ochilishida Surxondaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi N.Choriyev ishtirok etdi.

O’zA

Chustda shunday maktab bor
Mamlakatimizda bolalar sportini rivojlantirishga qaratilayotgan ulkan e’tibor samarasida mazkur maktab binosi to‘la rekonstruksiya qilinib, jahon andozalari darajasidagi inshootga aylantirildi. Sport jihozlari va inventarlari bilan to‘liq ta’minlangan muassasada mashg‘ulotlar malakali murabbiylar tomonidan olib boriladi.

Bu yerda tarbiyalanayotgan Madina Ayubova, Zokir Olimov, Shahzoda Jumaboyeva, Nozima G‘iyosova kabi yosh tennischilar mamlakatimiz terma jamoasida o‘z mahoratini namoyish etmoqda.

O’zA

Raqslari manzur
Suratda: “Sho‘x qizlar” ansambli.

O’zA

O‘zbekiston – mening mamlakatim
Kitobning muallif-tuzuvchilari – iqtisodiyot fanlari doktori, professor N.To‘xliyev, A.Kremensova, ilmiy maharrir – O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi E.Rtveladze. Keng o‘quvchilar ommasiga, birinchi navbatda, yoshlar uchun mo‘ljallangan ushbu kitob olti bo‘limdan iborat bo‘lib, unda mamlakatimizni tarixiy va zamonaviy rivojlantirishning turli bosqichlari xususida so‘z yuritilgan.

Ona zaminimiz azaldan jahon sivilizatsiya markazlaridan biri bo‘lgan. Aynan shu yerda, Buyuk ipak yo‘li chorrahasida Samarqand, Buxoro, Xiva va boshqa ko‘plab rivojlangan shaharlarni o‘z ichiga olgan noyob tarixiy-madaniy makon vujudga kelgan. Bu yerda Xorazm Ma’mun akademiyasi kabi butun dunyoga mashhur ilmiy maktablar faoliyat ko‘rsatgan. Beruniy, Ibn Sino, Forobiy, al-Xorazmiy, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy singari buyuk ajdodlarimiz jahon ilm-fani va madaniyati xazinasiga bebaho hissa qo‘shgan.

1991 yil 1 sentabrda e’lon qilingan mustaqillik mamlakatimizni rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar ochib berdi. Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida o‘z oldiga bunyodkorlik maqsadlarini qo‘ygan O‘zbekiston xalqi bozor iqtisodiyoti rivojlangan va kuchli fuqarolik jamiyatiga ega demokratik huquqiy davlat qurishga kirishdi. Bu ezgu maqsadlarga erishishda yurtimizning boy tabiiy resurslari, xalqimizning ulkan salohiyati muhim omil bo‘lmoqda. Davlatimiz rahbari tomonidan ishlab chiqilgan va butun dunyoda “o‘zbek modeli” deb e’tirof etilgan mustaqil rivojlanish yo‘lida barcha jabhalarda keng ko‘lamli islohotlar izchil hamda bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Kitobda keltirilgan ko‘plab misollar ushbu rivojlanish modeli yuksak natijalar berayotganini tasdiqlaydi. O‘zbekistonda hokimiyat barcha bo‘g‘inlarining samarali hamkorligi, qonun ustuvorligi, makroiqtisodiy barqarorlik, hududlarni muvozanatli ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish ta’minlanmoqda. Mamlakatimizda yalpi ichki mahsulot hajmi jadal o‘smoqda, barcha jabhalarda ishlab chiqarish ko‘lami kengaymoqda. Kuchli ijtimoiy siyosat amalga oshirilmoqda, mamlakatimizda shakllangan milliy sog‘liqni saqlash hamda ta’lim tizimlari nufuzli xalqaro tashkilotlar tomonidan boshqa davlatlar uchun model sifatida e’tirof etilmoqda. Ilm-fan, madaniyat, sport jadal rivojlanib bormoqda. Fuqarolik jamiyati izchil shakllanmoqda, ushbu jamiyat institutlarining maqomi oshib, vazifalari kengaymoqda. Mustaqillik davrida erishgan eng katta yutug‘imiz – ko‘p millatli mamlakatimizda qaror topgan tinchlik va fuqarolar totuvligi bo‘lib, u kelajakdagi Vatanimiz taraqqiyotining mustahkam asosidir.

Darhaqiqat, barcha islohotlar inson va uning farovonligi uchun amalga oshirilayotgan mamlakatimizning har bir fuqarosi kitob mualliflari kabi, bugun O‘zbekistonni “Bu – mening mamlakatim” deb faxr bilan ayta oladi.

O’zA

Eksport hajmi ortmoqda
Chet ellik sheriklar bilan hamkorlikda biznes yuritish uchun yaratilgan qulay sarmoyaviy muhit, zarur sharoit va imtiyozlar ko‘plab xorijiy firma va kompaniyalarning O‘zbekiston bozorida faoliyat ko‘rsatishga qiziqishini oshirmoqda. Buni xorij sarmoyadorlari bilan hamkorlikda tashkil etilgan ko‘plab qo‘shma korxonalar misolida ko‘rish mumkin. “Doyche-Kabel AG Toshkent” ochiq aksiyadorlik jamiyati shular jumlasidandir.

O‘zbekiston va Germaniya ishbilarmonlari hamkorligining amaliy natijasi bo‘lgan ushbu qo‘shma korxona o‘z faoliyatini 1999 yilda boshlagan. Bu yerda telefon aloqasi, kompyuter va yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari uchun ishlatiladigan kabel-simlar, shuningdek, tog‘-kon sanoati, qurilish, parrandachilik kabi sohalarda qo‘llaniladigan maxsus to‘rlar hamda paxta toylarini o‘rashda foydalaniladigan belbog‘lar ishlab chiqarilmoqda. “Doyche-Kabel AG Toshkent” o‘z xaridorlariga, shuningdek, turli o‘tkazgichlar va po‘latdan ishlangan buyumlar ham yetkazib bermoqda. Iqtisodiyotimizga chet el investitsiyalarini jalb etish nafaqat xorijiy sheriklar bilan hamkorlikda yangi loyihalarni amalga oshirish, ayni paytda yangi zamonaviy texnika, dastgoh va uskunalar, texnologiya va nou-xaularni joriy etish, shu asosda mahsulotlarning yuksak sifatini ta’minlashga qaratilgan. Buning amaliy samarasini ushbu korxona misolida ham ko‘rish mumkin. Korxonada mahsulotlar zamonaviy texnologiyalar asosida tayyorlanmoqda.

Korxona mahsulotlariga tashqi bozorda ham talab katta. Bugungi kunda “Doyche-Kabel AG Toshkent” Germaniya, Latviya, AQSH, Yangi Zelandiya, Rossiya, Turkiya, Gruziya, Qozog‘iston, Afg‘oniston, Turkmaniston va Ozarboyjon kabi qator mamlakatlardagi buyurtmachilarga mahsulot yetkazib bermoqda. Qo‘shma korxonada 2011 yilda eksport hajmi ikki barobar oshdi.

Korxonada yaqin kunlarda yangi mahsulot – devor uchun ekopanellar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Qurilish sohasida qo‘llaniladigan ekologik toza ushbu mahsulot energiyani tejash xususiyatiga ega bo‘lib, turar joy binolari va inshootlarni sovuq kunlarda issiq, jaziramada esa, aksincha, salqin saqlashga xizmat qiladi. Ekopanellar, shuningdek, zilzila va tabiiy ofatlarga bardoshli.

Qo‘shma korxonada yetti yuzga yaqin kishi mehnat qilmoqda va ular uchun barcha zarur mehnat va dam olish sharoitlari yaratilgan. Korxona rahbariyati mutaxassislar malakasini oshirishga ham katta e’tibor qaratib kelmoqda.

“Doyche-Kabel AG Toshkent” qo‘shma korxonasi yurtimizda hamda dunyoning turli mamlakatlarida o‘tkaziladigan nufuzli ko‘rgazmalarda faol qatnashib, sanoatimizning yuksak salohiyatini namoyish etib kelmoqda.

– Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda biz, tadbirkorlarning xorijiy hamkorlar bilan faol ish yuritishi uchun yaratilgan qulayliklar, ulkan imkoniyat va imtiyozlar muvaffaqiyatlarimizda muhim omil bo‘lmoqda, – deydi “Doyche-Kabel AG Toshkent” ochiq aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Mirhaydar Saidov. – Korxonamiz mahalliylashtirish dasturiga asosan tarmoq va tarmoqlararo hamkorlikni keng ko‘lamda davom ettirmoqda. Shu bilan birga, mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha Xitoy, Yaponiya, Germaniya, Ispaniya, Janubiy Koreya kabi mamlakatlar bilan hamkorlikda ko‘plab istiqbolli loyihalarni amalga oshirish ustida ish olib bormoqdamiz. Maqsadimiz ishlab chiqarish hajmini oshirish va eksport jo‘g‘rofiyasini yanada kengaytirishdan iborat.

O’zA

Mehrdan yaralgan ranglar
Barcha ijodiy ishlarida, xoh u poytaxtimiz ko‘rinishi yoki qishloq manzaralari bo‘lsin, xoh yoshi ulug‘ yurtdoshlarimiz yoxud qizaloqlar tasviri bo‘lsin, musavvirning ona Vatani O‘zbekistonga, xalqiga bo‘lgan cheksiz mehri aks etib turadi.

O’zA