Navro‘z bayrami davom etmoqda
Apr 26, 2012
«O‘zbеkiston-Gеrmaniya» do‘stlik jamiyatida O‘zbеkiston xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik jamiyatlari va madaniy-ma’rifiy aloqalar Kengashi bilan 2012-yil 23-aprеl kuni Navro‘z bayrami o‘tkazildi.

«O‘zbеkiston-Gеrmaniya» do‘stlik jamiyatida O‘zbеkiston xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik jamiyatlari va madaniy-ma’rifiy aloqalar Kengashi bilan 2012-yil 23-aprеl kuni Navro‘z bayrami o‘tkazildi.

Toshkentda bo‘lib o‘tgan anjumanda “O‘zbekkino” Milliy agentligi bosh direktori A.Isxoqov, Turkmanistonning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi S.Pirmuhamedov mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar barcha sohalarda bo‘lgani kabi madaniy-gumanitar yo‘nalishda ham izchil rivojlanib borayotganini, bunda ikki davlat rahbarlarining uchrashuvlarida erishilgan kelishuvlar muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilayotganini alohida ta’kidladi. Madaniy-gumanitar hamkorligimizni rivojlantirishda xalqlarimiz o‘rtasidagi ma’naviy yaqinlik, an’anaviy do‘stlik rishtalari muhim ahamiyat kasb etayotir.

2012-yilgi sport mavsumining eng nufuzli tadbiri – London shahrida bo‘lib o‘tadigan XXX yozgi Olimpiya o‘yinlarining boshlanishiga sanoqli kunlar qoldi. Shu munosabat bilan Buyuk Britaniyaning mamlakatimizdagi elchixonasida O‘zbekiston olimpiya terma jamoasining mazkur sport anjumanida muvaffaqiyatli ishtirok etishiga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda mamlakatimizning tegishli vazirlik va idoralari, sportchilar, O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik korpus, xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari vakillari ishtirok etdi.

Davlatimiz rahbarining 2010-yil 30-mart kuni qabul qilingan “Xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san’atini rivojlantirishni yanada qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi farmoni asosida usta-hunarmandlarning mehnatini munosib rag‘batlantirish va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Termiz shahrida Surxondaryo viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan yirik sanoat korxonalari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari ishtirokida hududiy sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasi o‘tkazildi. Unda 95 yirik va xususiy korxona yuzdan ortiq turdagi qurilish, yengil sanoat, oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari bilan qatnashdi.

Namangan viloyati Chust tumanida joylashgan 6- stol-tennisi bo‘yicha ixtisoslashgan olimpiya zaxiralari bolalar va o‘smirlar sport maktabida yetti yuzga yaqin o‘g‘il-qiz tarbiyalanadi.

Namangan shahrining Madaniyat saroyi qoshidagi “Sho‘x qizlar” ansambli viloyatda mashhur jamoalardan. Unda 4 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan qirqdan ortiq qiz raqs bo‘yicha saboq olmoqda. Ansambl a’zolari ijro etadigan rang-barang raqslar har doim ko‘pchilikka manzur bo‘ladi.

“O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” davlat ilmiy nashriyoti tomonidan chop etilgan “Mening mamlakatim” deb nomlangan yangi kitobda o‘lkamizning qadimiy va boy tarixi, ko‘p asrlik ma’naviy an’analari, 20 yillik mustaqil taraqqiyot davrida O‘zbekistonning barcha jabhalarda erishgan yutuqlari, ulkan iqtisodiy, ilmiy, madaniy salohiyati haqida hikoya qilinadi.

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimiz iqtisodiyotida olib borilayotgan izchil islohotlar jarayonida xorijiy sarmoyadorlar bilan hamkorlikni yanada kengaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Zero, iqtisodiy o‘sishga erishishda, keng ko‘lamli bozor islohotlarini joriy etishda xorijiy investitsiyalarni jalb qilish muhim ahamiyatga ega.

O‘zbekiston tasviriy san’at galereyasida O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasining a’zosi Dilorom Mamedovaning “Kaleydoskop” mavzuidagi shaxsiy ko‘rgazmasi ochildi. Ekspozitsiyada mo‘yqalam sohibasining yuzdan ortiq kartinasi namoyish etilmoqda.